Markaziy bank ilk bor oltin quymalarini sotib olish narxlarini e’lon qildi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 5-yanvar holatiga oltin quymalarining quyidagi narxlari belgilangan:
- qiymati 8,735 mln so‘m bo‘lgan 5 gramm:
- zavod plombasi saqlangan holda — 8,395 mln so‘m;
- o‘rami shikastlanganda yoki texnik talablarga muvofiq bo‘lmaganda (texnik ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng) — 8,311 mln so‘m;
- qiymati 17,469 mln so‘m bo‘lgan 10 gramm:
- zavod plombasi saqlangan holda — 16,791 mln so‘m;
- o‘rami shikastlanganda yoki texnik talablarga muvofiq bo‘lmaganda (texnik ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng) — 16,621 mln so‘m;
- qiymati 34,939 mln so‘m bo‘lgan 20 gramm:
- zavod plombasi saqlangan holda — 33,582 mln so‘m;
- o‘rami shikastlanganda yoki texnik talablarga muvofiq bo‘lmaganda (texnik ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng) — 33,243 mln so‘m;
- qiymati 87,347 mln so‘m bo‘lgan 50 gramm:
- zavod plombasi saqlangan holda — 83,955 mln so‘m;
- o‘rami shikastlanganda yoki texnik talablarga muvofiq bo‘lmaganda (texnik ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng) — 83,107 mln so‘m;
- 174,694 mln so‘mlik 100 gramm:
- zavod plombasi saqlangan holda — 167,910 mln so‘m;
- o‘rami shikastlanganda yoki texnik talablarga mos kelmaganda (texnik ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng) — 166,214 mln so‘m.
Qayta sotib olish narxlari quymaning qadoqlanish holatiga bog‘liq. Zavod qadog‘ining saqlanganligi yoki shikastlanganligi va texnik talablarga javob bermasligiga qarab narx farqlanadi.