Samarqand viloyatida shifokorlar 29 yoshli bemorning oshqozon-ichak traktidan taxminan 200 gramm mix va keskichlarni chiqarib olishdi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.

Erkak qorin sohasidagi kuchli og‘riqlardan shikoyat qilib kelgan. Diagnostika natijalariga ko‘ra, bemorning oshqozon-ichak traktida ko‘p miqdorda metall buyumlar aniqlandi.

Bemorga shoshilinch ravishda laparotomiya va gastrostomiya operatsiyasi o‘tkazildi. Qorin bo‘shlig‘idan katta miqdordagi metall buyumlar, taxminan 200 gr.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak kuchli stress ta’sirida metall buyumlarni yutib yuborgan. U o‘z harakatlarini nazorat qilmadi. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.