Shavkat Mirziyoyev Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni orden va medallar bilan taqdirladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari soha xodimlarini 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda prokuratura tizimi tubdan o‘zgargani, xalqqa yanada yaqin bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilayotgani, qonun ustuvorligi va adolat ta’minlanayotganini ta’kidladi.
Prokuratura organlari faoliyati tufayli yuz minglab odamlarning huquqlari tiklandi, jinoyatchilik, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash kuchaytirildi, nazorat va tergov faoliyatiga zamonaviy va raqamli yondashuvlar joriy etilmoqda.
Bugungi kunda samaradorlik, ochiqlik va professionallikni yanada oshirish, jamiyat ishonchini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim vazifalar turibdi.
Prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimizda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlandi:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Kalonov Botir Xamzayevich – O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi
“Mardlik” ordeni bilan
- Yunusov Marat Erkinovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Razakova Gulchexra Narzullayevna – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori
“Jasorat” medali bilan
- Zaripov Jamshid Baxodirovich – Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
- Maxmudov Murodbek Madiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
- Axmedov Baxridin Tojiyevich – Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori o‘rinbosari
- Raximov Ural Tashbulovich – Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamchisi
- Yunusov Baxodir Xoliyarovich – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori
“Shuhrat” medali bilan
- Gaibbayeva Nigina Tayirjonovna – Namangan viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
- Qobulov Dilmurod Qobulovich – Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari
Sizlar bunday munosabatni qadrlab, xalqimiz ishonchini oqlash uchun bundan buyon ham sidqidildan mehnat qilasiz, deb ishonaman. Barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlab, sizlarga mustahkam sog‘liq, g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilayman, — deya so‘zini yakunladi prezident.