Toshkent viloyati Ohangaron tumanida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, natijada jiddiy zarar yetkazildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, G‘alla quduq mahallasida yashovchi fuqaro uyiga tutash hududda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexini tashkil etib, tegishli shartnoma va loyiha-texnik hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulanib olgan.

Yetkazilgan zarar 1 mlrd 603 mln so‘mni tashkil etgan. To‘plangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.