Ijtimoiy tarmoqlarda qizning gavjum yo‘l ustidagi ko‘prikda turib, undan sakrashga urinayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Andijon viloyati IIB holat yuzasidan izoh berdi.

Voqea 14 yanvar kuni soat 08:00 larda Andijon shahar Ishchilar mahallasi Navoiy shohko‘chasini kesib o‘tuvchi ko‘prikda sodir bo‘lgan. Andijon tumanida yashovchi 23 yoshli ayol ruhiy-emotsional holatining yomonlashuvi natijasida ko‘prikka chiqib, undan sakramoqchi bo‘lgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi a’zolari yetib borgan va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda baxtsiz hodisaning oldini olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.