O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar fonida talab oshgan taqdirda O‘zbekneftgaz birja savdolariga qo‘yiladigan benzin hajmini oshiradi.

Xususan, bugungi kunda birjaga qo‘yilayotgan 3700 tonna benzinning kunlik hajmi talab va taklifdan kelib chiqib, 5000 tonnagacha oshirilishi mumkin. Buning uchun barcha hududlarda zarur zaxiralar yaratilgan.

Iste’molchilarning benzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olinib, barcha zarur choralar ko‘rildi, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, kompaniya xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan.