IIV kiberjinoyatlar bo‘yicha fuqarolarga 209 mlrd so‘mdan ortiq zarar qoplanganini bildirdi
Vazirlik joriy yil natijalarini e’lon qildi. Alohida hisobda to‘qqiz oyda 77,344 mlrd so‘mning noqonuniy chiqarib yuborilishi oldi olingan.
Vazirlik joriy yil natijalarini e’lon qildi. Alohida hisobda to‘qqiz oyda 77,344 mlrd so‘mning noqonuniy chiqarib yuborilishi oldi olingan.
O‘zbekistonda 2026-yilda 19 mingdan ortiq fuqaroga kiberjinoyatlar oqibatida yetkazilgan 209 mlrd 934 mln so‘mdan ziyod moddiy zarar qoplab berildi. Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik bo‘yicha yig‘ilish yakunlari haqida 13-oktabrda bildirdi.
Vazirlik Markaziy bank bilan hamkorlikda yaratilgan, bank kartalaridan o‘zlashtirilgan mablag‘larni bloklash mexanizmi natijalarini ham keltirdi. To‘qqiz oy davomida 77 mlrd 344 mln so‘mning noqonuniy chiqarib yuborilishi oldi olindi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatlarga aloqador 43 001 ta bank kartasi ham bloklandi.
Xabarda qayd etilishicha, joriy yilda jami 17 483 ta kiberjinoyat fosh etilgan, ulardan 5600 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan. Shuningdek, fuqarolarning bank hisobvaraqlaridan mablag‘larni noqonuniy yechishga qaratilgan 38 mingdan ortiq zararli fishing dasturi faoliyati to‘xtatilgan.
Yig‘ilishda Markaziy bank va tijorat banklari bilan hamkorlikni kuchaytirish, firibgarlikka qarshi tizimlardan samaraliroq foydalanish hamda «APK Qo‘riqchi» platformasini keng joriy etish vazifalari belgilandi. Aholini firibgarlik usullari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari haqida xabardor etish ishlarini kuchaytirish ham topshirildi.
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.