25-noyabrdan payme ofertasi shartlari o‘zgaradi
2026-yil 25-noyabrdan payme ilovasidan foydalanish bo‘yicha ofertaning yangi tahriri kuchga kiradi. Nimalar o‘zgarishi va to‘plangan keshbekni qanday saqlab qolish mumkinligini tushuntiramiz.
Ofertada nimalar yangilanadi?
Ofertaga sodiqlik dasturlari haqidagi bo‘lim qo‘shildi. Unda foydalanuvchilarning ushbu dasturlarda ishtirok etish tartibi belgilangan.
Alohida payme plus obunasi bo‘yicha keshbek
6-oktabrgacha payme plus obunasini alohida ulash mumkin edi. 2026-yil 25-noyabrdan ushbu obuna bo‘yicha keshbek amal qilishdan to‘xtaydi.
- 24-noyabr kuni ham keshbek amaldagi shartlar asosida hisoblanadi va undan foydalanish mumkin bo‘ladi.
- 25-noyabrdan boshlab alohida obuna bo‘yicha keshbek hisoblanmaydi va undan avvalgi shartlar asosida foydalanib bo‘lmaydi.
To‘plangan keshbek yo‘qolmaydi
Agar siz yangi «Novvot» koalitsion sodiqlik dasturiga qo‘shilsangiz, barcha to‘plangan keshbekingiz to‘liq miqdorda ushbu dasturga o‘tkaziladi. Undan yangi dastur shartlari asosida foydalanish mumkin bo‘ladi. Dasturga payme ilovasida qo‘shilish mumkin.
Batafsil ma’lumot
Ofertaning to‘liq matni bilan havola orqali tanishishingiz mumkin. Savollaringiz bo‘lsa, 1350 raqami orqali qo‘ng‘iroqlar markaziga murojaat qiling yoki payme ilovasidagi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga chat orqali yozing.
Reklama huquqlari asosida
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.