Toshkentda qishga tayyorgarlik bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi
Poytaxtning Bektemir tumanida elektr energiyasi bo‘lmaydi, Yangihayot va Sergeli tumanlarida gaz o‘chiriladi. Iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Surxondaryo viloyatida M39 xalqaro avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida tezlik 130 km/soatgacha oshirilishi mumkin.
Yashnobod tumani Qo‘yliq massivida joylashgan ko‘p qavatli uyning 7-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Hech kim jabrlanmagan.
IIV yoz mavsumida avtomobillarning orqa va old yon oynalarini qoraytirishga qisqa muddatli ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi loyihani taklif qildi.
8-avgust kuni Yerda so‘nggi ikki oy ichida eng kuchli magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda ikki yigit avtomobilni olib qochdi, ikki YPX xodimini jarohatladi va yana bir xizmat mashinasini olib qochishga muvaffaq bo‘ldi. Barcha jinoyatlar uchun ularga 20 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Poytaxtning ikki tumanida gaz o‘chirildi. Ta’minot soat 18:00 gacha yetkazib berilishi kutilmoqda.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp uchrashuvi joyi kelishib olinganini, bu haqda biroz keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qildi.
7-avgust kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi bir qator ko‘chalar Jennifer Lopes konserti o‘tkazilishi munosabati bilan yarim kunga yopiladi. Haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishga chaqirildi.
Nukusda erkak sobiq turmush o‘rtog‘iga bola tarbiyasi uchun 2,2 milliard so‘m to‘lagan. Fuqaro 13 yillik to‘lovlarni birdaniga qoplashga qaror qildi. Summa rekord darajaga yetdi.
Toshkent hokimligi Jennifer Lopes konserti uchun bepul avtobuslar tashkil etilishini ma’lum qildi. Transport soat 16:00 dan “Bunyodkor” stadionigacha harakatlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq suvini dalahovli egalari ifloslantirgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ekologlar vaziyatni joyiga chiqib o‘rgandi, qazilgan ariqlar va yotqizilgan quvurlar demontaj qilindi, mas’ul xodim jarimaga tortildi.
7-avgust kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi qisman suvsiz qoldi. Ta’minotni 8-avgust soat 00:00 gacha yoqish rejalashtirilgan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-avgust soat 7:00 dan 8-avgust soat 7:00 gacha 1-sonli qozonxonadan Shahriobod ko‘chasigacha bo‘lgan hudud avtomobillar harakati uchun yopiladi.
7-avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Financial Times nashri qirg‘oqlarning yemirilishi oqibatida dunyoning bir necha qismidagi plyajlarning yo‘qolib ketish xavfi haqida yozmoqda.
Zangiota tuman sudi 18 yoshli tanishini o‘ldirgan 17 yoshli yigitni 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Skandinaviya yarim orolidagi mamlakat zararni kamaytirishga e’tibor qaratdi — bu konsepsiyaga ko‘ra, nikotindan butunlay voz kechishga tayyor bo‘lmagan odamlarga kamroq zararli muqobillar taqdim etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda tarqalayotgan Chikungunya virusi bilan bog‘liq xavotirlar tarqaldi. SES xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi Lazizbek Mullajonovning doping sinoviga izoh berdi. Vazirlik sportchi Olimpiada oltin medalidan mahrum qilinishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
28-iyul kuni ikki qiz Ohangaron suv omborida cho‘kib ketdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
6-avgustdan boshlab hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risidagi yangi qonun rasman kuchga kirdi. Talablarga rioya etilishini nazorat qilish Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga yuklatilgan.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi vakili Izboskan tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlash sharoitlarini o‘rganib chiqdi. Aniqlangan kamchiliklar uchun VSH boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.
2025-yil boshidan buyon Toshkent jamoat transportida 4,1 mingga yaqin chiptasiz fuqaro aniqlangan.
1-sentyabrdan boshlab yuridik shaxslar patrul-post xizmatlari bo‘linmalari bilan YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzishlari mumkin.
Mirobod tuman sudi Mangal Fest festivalidagi mushtlashuvning olti nafar ishtirokchisiga 5 sutka qamoq jazosi tayinladi. Sudlanuvchilar sodir bo‘lgan voqeadan afsusda ekanliklarini bildirishdi.
2025-yil iyul oyida Ispaniyada kuchli issiqlik tufayli yuzlab odamlar halok bo‘ldi. Qirollikda 40 darajadan oshishi mumkin bo‘lgan issiq tufayli ob-havo haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
O‘zbekiston va Indoneziya transport vazirliklari havo qatnovlarini kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, mamlakatlar har ikki tomon aviakompaniyalariga yuk aviatashuvlari uchun uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi havo erkinligini taqdim etadi.
Poytaxtda 21 kun davomida “Tig‘” reydi o‘tkazildi. Shahar ko‘chalari va jamoat joylarida 1 631 nafar shaxsdan 1 715 dona sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan buyumlar topilgan. Eng ko‘p pichoq topilgan — 1614 dona.
Senator Anvar To‘ychiyev issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishdagi muammolar yuzasidan qishloq xo‘jaligi vaziriga parlament so‘rovi yubordi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarni yanada faol joriy etish zarurligini ta’kidladi.