Toshkentda FIFA`ning mintaqaviy ofisi
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi vakili Izboskan tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlash sharoitlarini o‘rganib chiqdi. Aniqlangan kamchiliklar uchun VSH boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.
2025-yil boshidan buyon Toshkent jamoat transportida 4,1 mingga yaqin chiptasiz fuqaro aniqlangan.
1-sentyabrdan boshlab yuridik shaxslar patrul-post xizmatlari bo‘linmalari bilan YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzishlari mumkin.
Mirobod tuman sudi Mangal Fest festivalidagi mushtlashuvning olti nafar ishtirokchisiga 5 sutka qamoq jazosi tayinladi. Sudlanuvchilar sodir bo‘lgan voqeadan afsusda ekanliklarini bildirishdi.
2025-yil iyul oyida Ispaniyada kuchli issiqlik tufayli yuzlab odamlar halok bo‘ldi. Qirollikda 40 darajadan oshishi mumkin bo‘lgan issiq tufayli ob-havo haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
O‘zbekiston va Indoneziya transport vazirliklari havo qatnovlarini kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, mamlakatlar har ikki tomon aviakompaniyalariga yuk aviatashuvlari uchun uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi havo erkinligini taqdim etadi.
Poytaxtda 21 kun davomida “Tig‘” reydi o‘tkazildi. Shahar ko‘chalari va jamoat joylarida 1 631 nafar shaxsdan 1 715 dona sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan buyumlar topilgan. Eng ko‘p pichoq topilgan — 1614 dona.
Senator Anvar To‘ychiyev issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishdagi muammolar yuzasidan qishloq xo‘jaligi vaziriga parlament so‘rovi yubordi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarni yanada faol joriy etish zarurligini ta’kidladi.
5-avgust kuni Ko‘kdala tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in va portlash sodir bo‘ldi.Avtosisterna haydovchisi yengil kuyish jarohatini oldi. Voqea joyida viloyat va tuman FVB boshliqlari ishlamoqda.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi YandexGo UB`dan Uzum Market shikoyat qilgan reklama roligini olib tashlashni talab qildi.
6 avgustda Toshkentda kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda 28° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
AQSH transport vaziri Shon Daffi Yer sun’iy yo‘ldoshida yadroviy reaktor qurish dasturini tezlashtirish rejalarini e’lon qilmoqchi. NASA reaktor qurish uchun pudratchi qidirishni boshlashi mumkin.
Deputatlar bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Loyihada vasiy, homiy yoki tutingan ota-ona majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun ilgari vasiy, homiy yoki tutingan ota-ona majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan fuqarolarni farzandlikka olish huquqidan mahrum etish taklif qilinmoqda.
5-avgust kuni O‘zbekiston aholisi epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzilani his qildi. 4 ballgacha bo‘lgan silkinishlar Farg‘ona vodiysida qayd etildi. Toshkent aholisi ham yer silkinishini sezgan, biroq Respublika seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlarida uning kuchi aks etmagan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida O‘zbekiston prezidenti tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Xususan, Markaziy Osiyoda integratsiyani chuqurlashtirish, Afg‘onistonni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
5-avgust kuni Samarqand viloyatining Payariq, Toyloq, Urgut tumanlarida hokimlar tayinlovi bo‘lib o‘tdi.
O‘zgidromet: 2025-yil iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq bo‘ldi. Shuningdek, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan to‘rtinchi oy bo‘ldi.
5-avgust kuni Quyoshda quvvatning so‘nggi sinfidan oldingi to‘rtinchi chaqnash qayd etildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkentda poytaxt kompaniyasi rahbariga bojxona rasmiylashtiruvida yordam berishni va’da qilgan soxta DXX xodimini fosh qildi. Uni qo‘lga olishdi va ish qo‘zg‘atishdi. Tergov olib borilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida tashkilot shafeligida Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitimni ishlab chiqishni taklif qildi. Konferensiya yakunida Avaza siyosiy deklaratsiyasi qabul qilindi.
BMTning Avaza shahridagi konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston prezidenti ushbu mukofotni O‘zbekistonga, uning ko‘p millatli xalqiga alohida e’tibor va hurmat ifodasi sifatida qabul qildi.
Qonunchilik palatasining majlisida “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Xususan, hujjatda renovatsiya ixtiyoriylik prinsipiga asoslanishi, shuningdek, hech kim ushbu jarayonda ishtirok etishga majburlanmasligi belgilangan.
“Adolatli Rossiya” rahbari qonunni buzgan muhojirlarni jalb qilish va ularning oilalarini deportatsiya qilishni taklif qildi. Uning fikricha, Rossiya Federatsiyasida ham xorijliklarning majburiy biometrik nazorati zarur.
So‘nggi paytlarda “А.У.Е.” taqiqlangan harakati yoshlar va mehnat muhojirlari orasida tarqalmoqda. DXX fuqarolarni hushyorlikka chaqirdi, shuningdek, mavjud javobgarlik haqida eslatdi.
Marhamat tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari ixtiyoriy ravishda hasharga chiqib, xonalardan birini bo‘yashga qaror qilishdi. Mas’ul idoralar o‘rganib chiqqach, pedagoglarning o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarda ishtirok etishini nazorat qilmagani uchun muassasa direktori jarimaga tortilib, ishdan olindi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-16 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° atrofida bo‘ladi.
2-avgust kuni poytaxtning Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan YTHda skuter haydovchisi halok bo‘ldi. Skuter, yengil avtomobil va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi.
Sirdaryo viloyatida Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi gaz quyish shoxobchalarida sodir bo‘lgan yong‘in va portlashdan so‘ng yoqilg‘i quyish shoxobchalari bo‘ylab reyd o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasida to‘rtta stansiya vaqtincha yopildi.
O‘zbekistonda rasman band bo‘lgan kambag‘al oilalar reyestridagi yolg‘iz onalar va otalarga maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish uchun moddiy yordam to‘lash tartibi tasdiqlandi.
O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Oybek Usmonov savdo hajmini 2 mlrd dollargacha oshirishga tayyorligini tasdiqladi. Tomonlar 20 mln dollarlik kelishuvlarni imzoladi.