Oʻzbekistonning Koreyadagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat qildi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi fuqarolarni odamlar gavjum joylardan uzoqroq yurishga chaqirdi va favqulodda vaziyat yuz berganda murojaat qilish uchun telefon raqamlarini taqdim etdi.

Foto: Ochiq manbalar

Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi Seuldagi vaziyat munosabati bilan vatandoshlarga murojaat qildi.

“Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, oʻzingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sogʻligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz”, deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyat yuz bergan taqdirda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

  • +82 10 3213 4505

  • +82 10 2909 4334

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etgandi.

Mavzuga oid materiallar