Janubiy Koreya harbiy holat eʼlon qildi

O‘zbekiston

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol “Shimoliy Koreya kuchlarini yoʻq qilish va erkin konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish” maqsadida harbiy holat eʼlon qildi.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol 3-dekabr kuni “Shimoliy Koreyaning davlatga qarshi jirkanch kuchlarini yoʻq qilish” maqsadida mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi.

Mamlakatda har qanday siyosiy faoliyat, jumladan, partiyalar faoliyati va mitinglar oʻtkazish taqiqlangan, barcha ommaviy axborot vositalari harbiylar nazorati ostida.

Harbiy holat muxolifatdagi Janubiy Koreya Demokratik ishchi partiyasi hukumatning budjet boʻyicha taklifini rad etib, davlat auditori va bosh prokuroriga impichment eʼlon qilishga qaror qilganidan keyin joriy etildi. Demokratik partiya yetakchisi Li Je Men prezidentning harakatlari konstitutsiyaga zid ekanini aytdi.

Reuters xabariga koʻra, Janubiy Koreya armiyasi boʻlinmalari parlament binosiga kirib borgan. Harbiylar parlamentning bosh zaliga kirishga urinmoqda.

Janubiy Koreya poytaxti Seulda harbiy mashinalar, Milliy Assambleya binosi ustidan esa harbiy vertolyot uchgani taxmin qilinmoqda.

Keyinroq muxolifat vakillari namoyishchilar bilan birgalikda parlament binosiga yetib borishdi, ammo ichki ishlar xodimlari kirish yoʻlini toʻsib qoʻyishdi.

Muxolifat yetakchisi Li Je Myon Yun Sok Yol endi prezident emasligini aytdi va fuqarolarni parlament binosi oldida norozilik namoyishlariga chaqirdi.

Associated Press Yun Sok Yol soʻnggi oylarda reytingi sezilarli darajada pasaygani fonida harbiy holat eʼlon qilganiga eʼtibor qaratadi.

Koreyaning Zum portali xabariga koʻra, Koreya prezidenti impichment eʼlon qilingan.

Yangilik toʻldirilmoqda...

Mavzuga oid materiallar