Xitoyning Shandong Wyeida Construction Machinery Co. Ltd Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarishni ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
24 dekabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov loyihani muhokama qilish uchun kompaniya delegatsiyasi bilan uchrashdi. Birinchi bosqichda korxonada gazobloklar, keyinchalik qurilish yelimi va to‘siqlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.
Xitoylik investorlar loyihaga 25 million dollar sarmoya kiritib, 100 dan ortiq ish o‘rni yaratishga tayyor. Hokim ichki va tashqi bozorda qurilish materiallariga talab yuqori ekanini ta’kidlab, tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.