“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dekabr va 31 dekabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning ayrim hududlarida, shu jumladan Toshkent viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Tekislik hududlarida ular asosan yomg‘ir shaklida bo‘ladi, qor esa faqat tog‘li hududlarda va respublikaning shimolida yog‘adi.
31-dekabr va 1-yanvar kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Bu davrda havo harorati quyidagicha bo‘ladi:
markaziy va janubiy hududlarda: kechasi 0...+5 daraja atrofida, kunduzi +5...+10 daraja, ba’zi joylarda +12 darajagacha;
shimolda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Iqlimshunoslarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi mamlakatning tekislik va hatto tog‘li hududlarida qishki yog‘ingarchilikning yomg‘ir yoki nam qor shaklida yog‘ishiga olib kelgan. So‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekistonning katta qismida Yangi yil bayramlari, odatda, qor qoplamasdan o‘tkazildi.