O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 30-sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakat tashqi qarzi 60,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu ma’lumotlar joriy yilning to‘qqiz oyidagi to‘lov balansi, xalqaro investision pozisiya va tashqi qarz to‘g‘risidagi hisobotda o‘z aksini topgan.
Umumiy mablag‘ning 32,5 mlrd dollari davlat qarziga, 27,7 mlrd dollari esa korporativ sektorga to‘g‘ri keladi. 2024-yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi qarzi $7,2 mlrdga oshdi.
Taqqoslash uchun, 2023-yil yakunlariga ko‘ra, tashqi qarz $53 mlrdni tashkil etdi, shundan $29,7 mlrd davlat majburiyatlari va $23,3 mlrd korporativ majburiyatlarga to‘g‘ri keldi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi ikki yilda tashqi qarzning jadal o‘sishiga korporativ sektor asosiy sabab bo‘ldi.