Saida Mirziyoyeva falastinlik bolalar holidan xabar oldi

O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva Yangi yil arafasida O‘zbekistonda davolanayotgan falastinlik bolalarga prezidentning tilaklari va sovg‘alarni yetkazdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar / Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yangi yil arafasida respublikada davolanayotgan falastinlik bolalar holidan xabar oldi hamda Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

“Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, ular qalbida beg‘uborlik va mo‘jiza istagini saqlab qolgani chindan ham hayratlanarli. Umid qilamanki, e’tibor va mehr so‘zlari ularning ko‘nglida yorug‘ kelajakka ishonch uyg‘otadi”, — dedi Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi, shuningdek, bolalarga va jafokash Falastin xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Rafahdan 100 nafar jarohatlangan falastinlik ayol va bolalarni hamrohlari bilan evakuatsiya qilgandi. Ular reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga davolanish va sog‘lig‘ini tiklash uchun joylashtiriladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.