Nurullan Yerlepesov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi

O‘zbekiston

Qoraqalpog‘istonda iqtisodiyot va moliya vaziri tayinlandi. Bu lavozimni Nurullan Yerlepesov egalladi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi

Nurullan Yerlepesov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan 7 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida lavozimga tayinlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jo‘qorg‘i Kengesning Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiyalar qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.

Nurullan Yerlepesov 1971 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutini, 2010-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining sirtqi bo‘limini tamomlagan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.