JSST kambagʻal mamlakatlar bolalari uchun bepul saraton preparatlari dasturini ishga tushirdi

Dunyo

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti past va oʻrta daromadli mamlakatlar bolalariga onkologik dori vositalarini bepul olish imkonini beruvchi yangi platformani ishga tushirdi. Dori-darmonlarning birinchi partiyasi allaqachon Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonga yetib kelgan. JSST tashabbusni 50 ta davlatga kengaytirishni va 120 ming bolani davolashni rejalashtirmoqda. Loyihani Avliyo Iuda bolalar tadqiqot kasalxonasi qoʻllab-quvvatladi.

Foto: interfax.ru

JSST past va oʻrta daromadli mamlakatlar bolalariga onkologik dorilarni bepul olish imkonini beruvchi yangi platformani ishga tushirdi.

Dori-darmonlarning birinchi partiyasi allaqachon Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonga yetkazilgan, tez orada esa Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyaga yetkazib berilishi kutilmoqda. Birinchi bosqichda dastur besh mingga yaqin bolani qamrab oladi.

Yaqin 5-7 yil ichida JSST tashabbusni 50 ta mamlakatga kengaytirib, 120 ming bolani zarur dori-darmonlar bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda. Yetkazib berish tajriba loyihasi yakunlanganidan keyin ham davom etadi.

Dastur AQSHdagi Avliyo Iuda bolalar tadqiqot shifoxonasi koʻmagida amalga oshirilmoqda, u buning uchun 200 million dollar ajratgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ham farmatsevtika sanoatini raqamlashtirish, startaplarni qoʻllab-quvvatlash va biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishni jadallashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish uchun jamgʻarmalar tashkil etiladi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyasi JSST tomonidan qayta malakalanadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.