Besh grammlik oltin quyma narxi ilk bor 6,9 mln soʻmdan oshdi

O‘zbekiston

Besh grammlik oltin quyma narxi ilk bor 6,9 mln soʻmdan oshdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metallar 10,7 foizga oshdi. Oʻtgan yilga nisbatan oltin deyarli 52 foizga qimmatlashdi.

17-fevral, dushanba kuni tijorat banklarida oltin quymalari narxi maksimal darajada yangilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Bir gramm qimmatbaho metall narxi 1 257 970 soʻmni tashkil etdi yoki juma kuniga nisbatan 0,24% ga qimmatlashdi. Massasi 5 gramm boʻlgan quyma 6,29 mln soʻmdan sotilmoqda.

Yil boshidan buyon oʻtgan ikki oydan kamroq vaqt ichida maksimal narxlar oʻninchi marta yangilandi va bu vaqt ichida narxlarning umumiy oʻsishi 10,7 foizni tashkil etdi. Oʻtgan yilga nisbatan oltin deyarli 52 foizga qimmatlashdi.

Jahon bozorida oʻtgan haftaning oxirida eng yuqori choʻqqiga erishgandan keyin narxlarni toʻgʻrilash kuzatilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank aholiga oltin tangalarni sotishni 2018-yilda boshlagan, ikki yildan soʻng esa assortimentni qimmatbaho metall quymalari bilan toʻldirgan. Jismoniy shaxslarga ularni muayyan shartlarga rioya qilgan holda Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berildi.

Ushbu chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyotining xorijiy valyutaga qaramligini kamaytirishga qaratilgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, oltinga boʻlgan imkoniyatlarning kengayishi fuqarolarning investitsiya imkoniyatlarini kengaytiradi va ularning jamgʻarmalarini himoya qilishga yordam beradi.

Tanga va quymalarni tijorat banklari orqali sotib olish va sotish mumkin — Spot avvalroq tegishli koʻrsatmalarni eʼlon qilgan edi. Dolzarb narxlar har kuni Markaziy bank veb-saytida yangilanadi va Telegram-botda mavjud.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.