Yoshlar ishlari agentligi faoliyati doirasida Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Bu prezidentning “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida (14.02.2025-yildagi PQ-60-son) nazarda tutilgan.
Jamgʻarma mablagʻlari muayyan manbalar hisobidan 100 million AQSH dollariga teng miqdorga yetkaziladi.
Jamgʻarma koʻmagi bilan kamida 50 ming nafar yoshlar bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish rejalashtirilgan.
Jamgʻarma huzurida yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan, ustav kapitali 10 million AQSH dollari boʻlgan venchur fondi tashkil etiladi. Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan bunday loyihalar uchun 2 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.
Avvalroq Oʻzbekistonda ham Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilishi haqida yozgandik.