Qozogʻiston senatori Oʻzbekistonga yangi trassa qurishni taklif qildi

O‘zbekiston

Qozogʻistonlik senator Naurizbay Baykadamov Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida yangi avtomobil yoʻlini qurish tashabbusi bilan chiqdi. Yangi trassa Qiziloʻrda viloyati va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yoʻnalishni qariyb 1000 kilometrga qisqartiradi, bu esa savdo, turizm va madaniy aloqalarni osonlashtiradi.

Foto: Pinterest

Naurizbay Baykadamov Qiziloʻrda viloyati va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yoʻlni sezilarli darajada qisqartiradigan avtomobil yoʻlini qurish tashabbusi bilan chiqdi.

Hozirda aholi 1 330 kilometr masofani bosib oʻtishiga toʻgʻri kelmoqda, yangi trassa esa bu masofani deyarli 1 000 kilometrga qisqartirib, Ostona, Qozogʻistonning shimoliy va sharqiy hududlari, shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan qulay aloqani taʼminlaydi.

Senator loyiha savdo, turizm va madaniy almashinuvni rivojlantirishga yordam berishini taʼkidladi. Shuningdek, u Qozogʻiston obyektlarining YUNESKOning “Ipak yoʻli: Fargʻona — Sirdaryo yoʻlagi” xalqaro sayyohlik yoʻnalishiga kiritilishi bilan bogʻliq. Uning soʻzlariga koʻra, global raqobat sharoitida strategik imkoniyatlarni yoʻqotmaslik uchun Qozogʻiston Uchquduq — Qiziloʻrda yoʻli qurilishiga zudlik bilan kirishishi kerak.

Loyiha qiymati 125,3 milliard tenge (taxminan 250 million dollar) ga baholanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent — Andijon pulli tezyurar trassasi shaharlararo qatnov vaqtini besh soatdan uch soatgacha qisqartirishi haqida xabar berilgandi. Yangi yoʻl yoʻl-transport hodisalarini 40 foizga kamaytirishi kutilmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.