Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida “yashil” energetikani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi

Dastlab u 2024-yil 13-noyabrda Boku shahrida imzolangan.

Shavkat Mirziyoyev oʻshanda “yashil energetika yoʻlagi”ga aʼzo mamlakatlar qayta tiklanuvchi energiyaning salmoqli resurslariga ega boʻlib, global energetika oʻtishiga salmoqli hissa qoʻshishi mumkinligini taʼkidlagan edi.

Qosim-Joʻmart Toʻqayev loyihaning boshlanishiga izoh berar ekan, bu voqea “barqaror rivojlanishga umumiy intilish tarixining yangi sahifasi” boʻlishini qoʻshimcha qildi.

Ilhom Aliyev esa Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalarining transport, energetika, savdo-sotiq bilan bogʻliq jarayonlari bu ikki mintaqa koʻp masalalarda sinxron harakat qilayotganini aytish imkonini berishini taʼkidladi.

20-fevral kuni Ozarbayjon prezidenti hujjatni imzoladi.

Eslatib oʻtamiz, COP29 ishtirokchilari eng qashshoq mamlakatlar uchun iqlim dasturlarini moliyalashtirishni koʻpaytirishga kelishib olgan. 2035-yilga kelib, yordam hajmi yiliga 1,3 trillion dollarni tashkil etishi kerak, shundan sanoatlashgan davlatlar kamida 300 milliard dollar ajratadi.