Rim papasi Fransisk sog‘lig‘i tufayli taxtdan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kardinal Janfranko Ravazi ma’lum qildi, uning so‘zlarini Corriere della Sera nashri keltirmoqda.
Kardinalning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga qaramay, pontifik Rim-katolik cherkovi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xristianlikning yubiley yilini yakunlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni Rim papasi Fransisk ikki tomonlama pnevmoniya bilan asoratlangan o‘pka infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Hozirda u bronxoektaz va astmatik bronxit fonida rivojlangan polimikrob infeksiya tufayli intensiv davolanmoqda.
Ahvoli og‘ir bo‘lishiga qaramay, pontifik yaxshi kayfiyatni saqlab, ibodat va qiroatni davom ettirmoqda.