Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi: oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv 2025-yil oxirigacha boʻlishi mumkin

Dunyo

Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanovning fikricha, 2025-yil oxirigacha oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilishi mumkin. U tomonlarning pozitsiyalari mutlaqo qarama-qarshi boʻlib qolayotganini tan oladi, ammo sulh uchun shart-sharoitlarni koʻradi. Biroq, unga rioya qilish kafolatlari, uning fikricha, savol ostida qolmoqda.

Foto: ria.ru

Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) boshligʻi Kirill Budanov 2025-yil oxirigacha oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv tuzilishi mumkin, degan fikrni bildirdi, deb yozadi Meduza.

U jurnalist Eynulla Fathullayevga bergan intervyusida tomonlar oʻrtasidagi keskin kelishmovchiliklarga qaramay, bu yil kelishuvga erishish mumkinligiga asos borligini taʼkidladi. Biroq, uning taʼkidlashicha, bunday rejimning samaradorligi va davomiyligi soʻroq ostida qolmoqda.

Shu bilan birga, Budanov faqat shaxsiy fikrini bildirganini taʼkidladi.

Ehtimoliy kelishuvga rioya qilishning xalqaro kafolatlari masalasiga toʻxtalar ekan, u tinchlikparvar missiyalarning samaradorligiga shubha bildirdi va “tinchlikparvar kuchlarni kiritish samara bergan birorta mamlakat yoʻqligini” taʼkidladi.

Bundan tashqari, Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlishi masalasi murakkabligini va ishonchli xavfsizlik kafolatlarini taʼminlay oladigan muqobil mexanizm yoʻqligini taʼkidladi.

Avvalroq Moskva va Vashington mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish rejasi - oʻt ochishni toʻxtatish, Ukrainadagi saylovlar va yakuniy kelishuvni taqdim etgani xabar qilingandi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.