O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif muzokaralar o‘tkazdi, uning yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yetakchilar mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya va protokolni tasdiqladi.
Pokiston Bosh vazirining tashrifi chog‘ida turli sohalarda hujjatlar almashildi, jumladan:
Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risida bitim;
Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Professional ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.
Qabul qilingan hujjatlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi turli sohalardagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif savdoni rivojlantirish, transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlik va muhim tarmoqlardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi. Tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazish, qo‘shma transport-logistika kompaniyasini tashkil etish va Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.