Ilon Mask 419,4 mlrd dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy odamga aylandi

Dunyo

Altrata tahliliy kompaniyasi supermilliarderlar reytingini e’lon qildi, unga 24 kishi kiritilgan. Ularning umumiy boyligi 3,3 trillion dollarni tashkil etdi — bu Fransiya yalpi ichki mahsulotiga teng. XXI asrning eng badavlat odamlarining aksariyati o‘z kapitalini texnologik sohaga yo‘naltirgan.

Ilon Mask 24 kishidan iborat supermilliarderlar ro‘yxatini boshqardi, deb yozadi The Wall Street Journal Altrata tahliliy kompaniyasiga tayanib.

Maskning boyligi 419,4 milliard dollarga baholanmoqda, ikkinchi o‘rinda Amazon asoschisi Jeff Bezos 263,8 milliard dollar bilan bormoqda. Uchinchi o‘rinni LVMH egasi Bernar Arno egalladi, uning boyligi 238,9 milliard dollarni tashkil etadi.

Umuman olganda, barcha 24 supermilliarderning kapitali 3,3 trillion dollarga yetadi, bu Fransiya yalpi ichki mahsuloti bilan taqqoslanadi. Altrata tahlilchilarining ta’kidlashicha, agar XIX—XX asrlarda eng boy odamlar sanoatchilar bo‘lgan bo‘lsa, XXI asrda super milliarderlarning aksariyati texnologiya sohasida boylik to‘plagan.

Avvalroq milliarder Ilon Mask tez orada o‘zining X ijtimoiy tarmog‘i asosida aqlli sun’iy intellektni taqdim etishi haqida xabar berilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sun’iy intellekt barcha mavjud modellardan yaxshiroq mulohaza yuritishga qodir.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.