Ijtimoiy tarmoqlarda Li L9 avtomobilini boshqarayotgan o‘smir tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan izoh berdi.
Aniqlanishicha, rulda 13 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan. Mashina uning otasiga tegishli ekan.
Ota o‘g‘liga rulga o‘tirishga ruxsat bergan. U buni kameraga yozib olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Avtomobil egasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida 15 yoshli maktab o‘quvchisi YPX xodimini urib yuborib, qochib ketgandi. Huquq-tartibot xodimi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.