Sobiq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov prezidentning kadrlar siyosati bo‘yicha bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi vazirlik matbuot kotibi.
3-mart kuni Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida kadrlar o‘zgarishi yuz berdi. Davlat rahbari Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovni IIV rahbari lavozimiga tayinladi.
Shu bilan birga, bu lavozimda qariyb 8 yil ishlagan Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u endilikda prezident maslahatchisi o‘rinbosarlari lavozimida ishlaydi.