Temu marketpleysi yuridik shaxs – O‘zbekiston rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gazeta.uz nashrining qayd etishicha, platforma 14 mart kuni ro‘yxatdan o‘tgan, biroq u bilan avvalgi yillardagi soliqlar bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 20-martdan O‘zbekiston hududida Temu marketpleysi faoliyatini cheklash rejalashtirilgani haqida xabar bergandi.

Qaror Vazirlar Mahkamasining elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi to‘g‘risidagi qarori bilan asoslantirildi.