8-aprel kuni Oʻzbekistonda quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat togʻlarda yogʻingarchilik boʻladi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.
Harorat kechasi +10...+18 daraja, kunduzi +23...+31 daraja atrofida boʻladi.
Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 26-28° boʻladi.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.