O‘zbekiston 14 ta zamonaviy Airbus va bir nechta Boeing samolyotlarini sotib oladi va ijaraga oladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Sayyohlarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston aviaparki sezilarli darajada kengaytiriladi. Havo kemalarini sotib olish va ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga davlat rahbarining Fransiyaga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Boeing kompaniyasi bilan 12 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Vazirlik va idoralarga bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, qaysi davlat va shaharlarga aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, qancha sayyoh jalb qilishni hozirdan hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.