Toshkentda erkak ikki kishini pichoqlab, xonadonga oʻt qoʻydi

O‘zbekiston

Jabrlanganlar qutqarib qolingan, jinoyatchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

7-aprel kuni Toshkentning Sergeli tumanida erkak ikki kishiga pichoq bilan hujum qilib, xonadonga oʻt qoʻygan. Voqea tafsilotlari Millar reportajida keltirilgan.

Gumonlanuvchi tanishinikiga mehmonga keldi. Ular oʻrtasida janjal kelib chiqqan, shundan soʻng u oshxonadan pichoq olib, uy egasi va yana bir mehmonga bir nechta jarohat yetkazgan. Soʻng xonadonga oʻt qoʻyib, jinoyat joyidan qochib ketgan.

Jabrlanganlar poytaxtdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va 39-sonli Toshkent viloyati koʻp tarmoqli shifoxonasiga yotqizilgan va ularning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan, unga umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.