Oʻzbekistonda er-xotin ajrashganda sud zoʻravonlik qurboniga uy-joy ajratish masalasini koʻrib chiqishi shart. Shuningdek, agar jabrlanuvchi taraf rozi boʻlmasa, majburiy yarashuv muddati bekor qilinadi.
Endi sud zoʻravonlik qurbonining talabiga binoan unga uy-joy ajratish masalasini koʻrib chiqishi shart. Tegishli qoida Oila kodeksiga kiritildi.
Oila kodeksining 40-moddasiga oilaviy zoʻravonlikdan jabrlangan shaxs soʻrasa, sud yarashuv uchun muddat belgilamasligi toʻgʻrisidagi qoida kiritildi.
Shuningdek, Uy-joy kodeksining 32-moddasi yangi qoida bilan toʻldirildi. Unga koʻra, sud taraflarning kelishuviga binoan va mulkdorning tashabbusi bilan ilgari ushbu turar joyga joylashtirilgan shaxsni xuddi shunday sharoitlarga ega boshqa turar joyga koʻchirish yoki mulkdorga yangi turar joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin.