Andijon shahar bandlik boʻlimi boshligʻi ish joyida giyohvand moddalar isteʼmol qilgani aniqlandi

O‘zbekiston

Amaldor va uning oʻrinbosari ishdan olindi, jinoiy ish ochildi.

Andijonda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy boʻlim boshligʻi ish joyida giyohvand moddalar isteʼmol qilib qoʻlga tushdi. Boshqarma tekshiruv natijalari haqida xabar berdi.

Voqeadan soʻng amaldor va uning oʻrinbosari ishdan olingan. Shuningdek, toʻliq tekshiruv oʻtkazilib, natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Unga uch yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.