Oʻzbekistonda 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37,7 mln kishini tashkil etdi. Maʼlumotlar Statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, aholi soni yil boshiga nisbatan 154,6 ming kishiga koʻpaygan. Aholi eng zich joylashgan hudud Samarqand viloyati - 4,3 mln kishi. Keyingi oʻrinlarda Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlari - mos ravishda 4,1 mln va 3,6 mln fuqaro.
Quyida toʻliq roʻyxat keltirilgan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 2 mln kishi;
Andijon viloyati - 3,4 mln kishi;
Buxoro viloyati - 2 mln kishi;
Jizzax viloyati - 1,5 mln kishi;
Qashqadaryo viloyati - 3,6 mln kishi;
Navoiy viloyati - 1 mln kishi;
Namangan viloyati - 3,1 mln kishi;
Samarqand viloyati - 4,3 mln kishi;
Surxondaryo viloyati - 2,9 mln kishi;
Sirdaryo viloyati - 934,5 ming nafar;
Toshkent viloyati - 3,1 mln kishi;
Fargʻona viloyati - 4,1 mln kishi;
Xorazm viloyati - 2 mln kishi;
Toshkent shahri - 3,1 mln kishi.