Oʻzbekistonda issiq va quyoshli ob-havo kutilmoqda

O‘zbekiston

Togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

10-aprel kuni quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, yogʻingarchilik kutilmaydi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi +10...+20 daraja, kunduzi +23...+35 daraja atrofida boʻladi.

Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 25-27° boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.