TIV Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida vizasiz rejim boʻlmasligi haqidagi feykni rad etdi

O‘zbekiston

Ikkala davlat ham hozirda kelishuv kuchga kirishidan oldin ichki jarayonlarni yakunlamoqda.

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Xitoy vizasiz rejimni joriy etishni rejalashtirmayotgani va tomonlar muzokaralar olib bormayotgani haqida maʼlumotlar tarqaldi. Respublika Tashqi ishlar vazirligi xabarlarga izoh berdi.

Tashqi ishlar vazirligi har ikki davlat ichki tartib-taomillarni yakunlayotganini maʼlum qildi. Ulardan keyingina 30 kunlik vizasiz rejim amal qiladi, — dedi matbuot kotibi.

Eslatib oʻtamiz, tegishli bitim 2024-yil 1-dekabrda imzolangan edi. Oʻzbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun davomida vizasiz tashrif buyurishlari mumkin boʻladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.