Toshkentda Zeekr elektromobili yonib ketdi

O‘zbekiston

Yongʻindan jabrlanganlar yoʻq.

Toshkentda zaryadlashda turgan Zeekr elektromobili yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tafsilotlarga aniqlik kiritdi.

Toshkent shahri Chilonzor tumani Furqat koʻchasida soat 07:30 da yongʻin sodir boʻlgan. Voqea joyiga yongʻin-qutqaruv texnikalari soat 07:35 da yetib borib, yongʻin soat 08:28 da bartaraf etilgan. Yongʻinga elektromobilning akkumulyator qismidagi yongʻin sabab boʻlgan. Hech kim jabrlanmagan.

Avtomobil haydovchilariga barcha elektromobillarning akkumulyator batareyalari juda katta miqdordagi energiyani saqlashi sababli, xalqaro amaliyotga koʻra, yongʻin paytida akkumulyator batareyasining sovishi batareya ichidagi elektr energiyasi toʻliq tugagunga qadar sodir boʻlishi, shuning uchun yongʻinni oʻchirish usuli ham oddiy yoqilgʻida ishlaydigan boshqa transport vositalaridan farq qilishi eslatib oʻtildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.