Toshkentda ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etiladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS tinchlikka erishganini aytdi. Oq uy rahbari harakat qurolsizlanish rejasini bajarishiga ishonch bildirdi.
Donald Tramp Xitoy tovarlariga nisbatan 100 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Chora Xitoyning harakatlariga qarab 1-noyabrdan yoki undan oldinroq kuchga kirishi mumkin.
G‘azo sektoridagi mojaroni AQSH rejasi asosida hal etishga erishildi. Donald Tramp bu kelishuvning imzolanishini arab va musulmon dunyosi uchun ulug‘ kun deb ta’rifladi.
AQSH prezidenti ma’muriyati 2026-yil uchun yangi qochqinlarni qabul qilishning rekord darajadagi past chegarasini — 7,5 ming kishini belgilashni rejalashtirmoqda.
Abdulaziz Komilov O‘zbekiston va AQSH munosabatlari barqarorlik va bashorat qilish bosqichiga o‘tganini ta’kidladi. Prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar ikki shartli bosqichdan o‘tgan.
AQSH O‘zbekiston energetikasiga 3-4 milliard dollar sarmoya kiritishi mumkin. AQShning Air Products kompaniyasi investitsiyalar hajmini oshirish va faoliyat yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga tayyorligini bildirdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni to‘xtatish rejasini taqdim etdi. Isroil bosh vaziri u taklif qilgan tinchlik rejasini qabul qildi. Hozircha HAMASdan rozilik olinmagan.
AQSH prezidentining aytishicha, mamlakat Afg‘oniston bilan Bagram harbiy bazasida harbiy ishtirokni tiklash masalasini muhokama qilmoqda. Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi Trampning so‘zlariga javoban AQShning mamlakatdagi harbiy ishtirokini istisno qildi.
Diversity Visa, ya’ni Green Card lotereyasida ishtirok etish endi pul turadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun xohlovchilar 1 dollar berishlari kerak bo‘ladi. Yangi to‘lov tizimga texnik xizmat ko‘rsatish, ma’lumotlarni saqlash, avtomatik tanlash va xavfsizlikni tekshirish xarajatlarini qoplashi kutilmoqda.
AQShdan O‘zbekistonga 39 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi. Ular AQSh hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lgani sababli deportatsiya qilingandi. Mazkur fuqarolar endi vatanga qaytib keldi.
5-sentyabr kuni O‘zbekiston prezidenti AQSH rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi. Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp hamkorlik, savdo, madaniy almashinuv, AQSH siyosati, Yangi O‘zbekiston islohotlari va Oq uy rahbarining O‘zbekistonga tashrifi haqida suhbatlashdi. Muloqot ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi rasman yopilish arafasida. Bu haqda AQSH davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakili Paolo Zampolli bilan muzokara o‘tkazdi. AQSH ma’muriyati vakili davlat rahbariga prezident Trampning O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan yo‘llagan samimiy salomi va tabriklarini yetkazdi.
Tashqi ishlar vaziri Saidov AQSH prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar xalqlarni yanada yaqinlashtirish uchun hali ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdi.
Viskonsinlik erkak oilasidan qochib, o‘zbekistonlik ayolning yoniga ketish uchun o‘z o‘limini o‘ylab topdi. Sudya unga 89 kun qamoq jazosi tayinladi — u aynan shuncha vaqt davomida huquqni muhofaza qiluvchilarni o‘zining qayerda ekanidan chalg‘itishga muvaffaq bo‘lgan.
AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi xorijlik jurnalistlar, talabalar va almashinuv dasturlari bo‘yicha kelayotgan shaxslarga viza berish qoidalarini o‘zgartirmoqchi.
AQSH hukumati chet elliklarga uzoq masofaga haydovchilik qilish uchun ishchi vizalarini berishni to‘xtatdi. Davlat kotibining ta’kidlashicha, ko‘p sonli xorijiy haydovchilar amerikalik uzoq masofali haydovchilarni tirikchilik vositalaridan mahrum qilmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegaradagi devorni qora rangga bo‘yashni buyurdi. Rejaga ko‘ra, bu muhojirlarning devorga chiqish istagini yo‘qotishi kerak, chunki u juda issiq bo‘ladi.
Rossiya va AQSH prezidentlari 16-avgust kuni uchrashadi. Uchrashuvning markaziy mavzusi Ukraina inqirozini hal qilish bo‘ladi, dedi Rossiya Federatsiyasi rahbari yordamchisi Ushakov.
O‘zbekiston AQSHga kiyim-kechak eksportini oshirish uchun AQShda Sent-Luis va Nyu-Yorkda ikkita savdo uyi ochishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Yevropaga yetkazib berishni ko‘paytirish variantlari ishlab chiqilmoqda.
Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan tinchlik shartnomasini Donald Tramp ishtirokida imzoladi. Bundan tashqari, Vashington Ozarbayjon bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikka qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.
AQSHda Aliyev va Pashinyan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda tinchlik shartnomasi yoziladi. Uchrashuvni Tramp e’lon qildi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp uchrashuvi joyi kelishib olinganini, bu haqda biroz keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qildi.
AQSH transport vaziri Shon Daffi Yer sun’iy yo‘ldoshida yadroviy reaktor qurish dasturini tezlashtirish rejalarini e’lon qilmoqchi. NASA reaktor qurish uchun pudratchi qidirishni boshlashi mumkin.
O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi doirasida mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha qator muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, Amazon va Walmart kabi yirik marketpleyslarda tovarlarni joylashtirish, yetakchi chakana savdo tarmoqlariga chiqish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekistonga GSM-102 dasturi orqali Amerika paxtasini yetkazib berish masalasi ham muhokama qilindi.
Nyu-Yorkda miltiq bilan qurollangan erkak ofis osmono‘par binosiga kirib, otishma uyushtirdi, shundan so‘ng u o‘z joniga qasd qildi, to‘rt kishi halok bo‘ldi, ulardan biri politsiyachi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimi tuzganini ma’lum qildi. Bitim milliardlab dollarlik tovar ayirboshlash va investitsiyalarni, shuningdek, harbiy texnika sotib olishni o‘z ichiga oladi.
Oq uy Afg‘onistondan kelgan 250 mingdan ortiq kishiga yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan dasturlarni bekor qiladi.
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Shveysariya bilan muzokaralar yakunlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JSTga a’zo bo‘lish uchun sanoqli davlatlar qoldi, biroq ularning soniga aniqlik kiritmadi.
AQSH prezidenti Alkatras orolidagi super qamoqxonaga milliardlab dollar sarflashi mumkin. Hukumat hali yakuniy qaror qabul qilmadi.