Olmaotada muay-tay bo‘yicha jahon chempioni o‘ldirildi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida Tailand boksi (Muay-tay) bo‘yicha 20 yoshli chempion Serik Ali o‘ldirildi. Tanishi bilan to‘qnashuv paytida u pichoq bilan yaralangan. Gumonlanuvchi allaqachon qo‘lga olingan va qamoqda saqlanmoqda.