Olmaotada muay-tay bo‘yicha jahon chempioni o‘ldirildi

Dunyo

Qozog‘istonning Olmaota shahrida Tailand boksi (Muay-tay) bo‘yicha 20 yoshli chempion Serik Ali o‘ldirildi. Tanishi bilan to‘qnashuv paytida u pichoq bilan yaralangan. Gumonlanuvchi allaqachon qo‘lga olingan va qamoqda saqlanmoqda.

Фото: Instagram.com / titanclub.kz

Qozog‘istonning Olmaota shahrida tay boks bo‘yicha 20 yoshli jahon chempioni Serik Ali halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston muay-tay federatsiyasi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi voqea sodir bo‘lgan zahoti qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tanishlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan, ularning biri pichoq ishlatgan. Qurollari olib qo‘yildi.

Tailand boks federatsiyasi halok bo‘lgan sportchining oilasiga hamdardlik bildirdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.