
O‘zbekiston bog‘chalarida yangi ovqatlanish tizimi joriy etilmoqda
O‘zbekiston bog‘chalarida yangilangan ovqatlanish tizimi joriy etildi. Hukumat bolalar ovqatlanishini tashkil etishda autsorsingga o‘tish chora-tadbirlarini tasdiqladi. “Yagona mavsumiy menyu” joriy etilib, oziq-ovqat xarajatlarini nazorat qilishni raqamli tizimlar o‘z zimmasiga oladi. Sifatni ta’minlash uchun Ovqatlanishni nazorat qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markaz tashkil etiladi.