Erdoʻgʻon oʻzini va Putinni dunyodagi yagona yetakchilar deb atadi
Turkiya prezidenti dunyo yetakchilari orasida faqat u va Vladimir Putin qolganini taʼkidlab, ularning davlatlarni boshqarishdagi koʻp yillik tajribasini eʼtirof etdi. Shuningdek, u Angela Merkel ketganidan soʻng Germaniyadagi siyosiy vaziyatni tanqid qilib, uning davrini nemis siyosati uchun yakunlovchi bosqich deb baholadi.