Andijonda qo‘lbola bozor rastasi qulashi oqibatida bir kishi jarohat oldi
Bugun, 13:59
Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylardagi 9 147 ta lift tekshirilganda 37 103 ta nosozlik aniqlangan, 6 844 ta liftga esa texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi to‘g‘risida ogohlantirish yorliqlari yopishtirilgan. 2026-yil 1-iyuldan boshlab nosoz liftlardan foydalanish taqiqlanadi va ularning holati haqida aholini xabardor qilish uchun rangli stikerlar bilan belgilanadi.
Mamlakat rasmiylari liftni texnik ko‘rikdan o‘tkazishning yangi tartibini tasdiqladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, tekshiruvdan so‘ng mutaxassislar liftlarga qurilmaning holati haqida signal beruvchi stikerlarni yopishtiradi.