Saida Mirziyoyeva ACWA Power raisi va Vision Invest direktorlar kengashi a’zosi bilan uchrashdi — asosiylar
O‘zbekiston prezidenti Iordaniyaning “An-Nahda” ordeni bilan mukofotlandi. Mamlakatning oliy mukofotini davlat rahbariga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan muzokara o‘tkazdi. Davlat rahbarlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, vizasiz tartibni joriy etishga kelishib oldi, Ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, madaniyat, savdo, ta’lim sohalarida hamkorlik qilish rejalarini belgilab oldi. Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.
Samarqanddagi Kongress markazi oldidagi maydonda Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husaynning rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi. U yerga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat tashrifi bilan tashrif buyuradi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi Maktubda prezident mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik, mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Ukraina xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi. Yetakchilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak yettinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan “Ozarbayjon — Turkmaniston — O‘zbekiston” sammitida ishtirok etish uchun Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qilib, Vladimir Putin va Donald Tramp sammiti yakunlarini muhokama qildi. Davlat rahbarlari uchrashuvni foydali va samarali deb atashgan bo‘lsa-da, erishilgan kelishuvlar haqida ochiq e’lon qilishmadi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Fransiya Respublikasi elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi. Prezident diplomatni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
O‘zbekiston prezidenti Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi. “Shimol-Janub” yo‘lagi doirasida samarali transport-tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan suhbatlashdi. Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbariga 6-avgust kuni Moskva shahrida AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston prezidenti BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida tashkilot shafeligida Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitimni ishlab chiqishni taklif qildi. Konferensiya yakunida Avaza siyosiy deklaratsiyasi qabul qilindi.
BMTning Avaza shahridagi konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston prezidenti ushbu mukofotni O‘zbekistonga, uning ko‘p millatli xalqiga alohida e’tibor va hurmat ifodasi sifatida qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkmanistonga tashrif buyuradi.
Prezident qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va kosmik ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Xususan, qishloq xo‘jaligi sohasiga uchuvchisiz uchish apparatlarini joriy etish rejalashtirilgan.
30-iyul kuni O‘zbekiston rahbari Prezident Administratsiyasida keng ko‘lamli kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan o‘nlab tayinlovlar amalga oshirildi.
Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani uchun minnatdorlik bildirdi. Prezident bu samimiy so‘zlarni ko‘p millatli xalq va davlatga yuksak hurmat-ehtirom ifodasi, xalqaro hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, yorug‘ kelajakka ishonch ifodasi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.
XXR Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Xitoy yetakchisi mustahkam sog‘lik va farovonlik tiladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Rossiya yetakchisi O‘zbekiston rahbarining xalq orasida va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tiborga ega ekanini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev “Mustaqillikning o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi va tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun mas’ullarni tayinladi.
Hududlarda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, turizm qishloqlari, mehmon uylari va gastronomik ko‘chalar faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Yangi tizim 1-sentyabrdan Toshkent shahri va viloyatlarda ishga tushadi. Boshqa yirik shaharlarda — 2026-yil 1-yanvardan.
Prezident tirbandlikni chetlab o‘tish uchun o‘z mavqeidan foydalanmaganini ta’kidladi.
Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdi, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.
Prezident ijtimoiy muhitni mustahkamlash, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiyot, investisiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini jadallashtirish, shu jumladan, Transafg‘on temir yo‘li qurilishini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston yetakchisi Falastin-Isroil mojarosini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishib bo‘lmasligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti, jumladan, chegaraoldi savdosi va tegishli infratuzilmani yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Prezident Boku shahridagi Faxr xiyoboniga tashrif buyurib, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev qabriga gul qo‘ydi.