
Kiyev Yevropa Ittifoqi va NATOda Vengriya o‘rnini egallashga tayyorligini bildirdi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATOda Vengriya o‘rnini egallashga tayyorligini ma’lum qildi. Tegishli xabar Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatish orqali Yevropa Ittifoqini qiyin iqtisodiy vaziyatga qo‘yganini aytgan bayonotiga javoban e’lon qilindi.