Belgiya Yevropa Ittifoqida birinchi bo‘lib veyplar sotuvini taqiqlaydi
Belgiya Yevropa Ittifoqining bir martalik veyplar savdosi taqiqlanadigan ilk davlati bo‘ladi. Rasmiylarning fikricha, yorqin dizayn va meva ta’mlari yoshlarni o‘ziga jalb qiladi va chekishni boshlashga yordam beradi. Yangi qonun 2025-yil yanvarda kuchga kiradi.