
Janubiy Koreyada tarixda birinchi marta amaldagi prezident hibsga olindi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol qoʻzgʻolon va hokimiyatni suiisteʼmol qilishda ayblanib hibsga olindi, deb xabar qildi yuqori martabali amaldorlar oʻrtasidagi korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi. Bu mamlakat tarixida birinchi marta vaqtincha chetlatilgan, ammo amaldagi rahbar hibsga olingan holatdir.