Toshkentda 29-apreldan 3-maygacha gullar festivali o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Shahar hokimligi xarita bilan bo‘lishdi.
Hokimlik maʼlumotlariga koʻra, cheklov quyidagi koʻchalarga taʼsir qiladi:
- Zarafshon ko‘chasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining nazorat-o‘tkazish punkti va Matbuotchilar ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi bilan kesishgan joyidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilindi.