3- aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ayol tezyurar poyezd ostiga o‘zini tashladi. Bosh prokuratura tergov boshlanganini ma’lum qildi.

Mahalliy fuqaro o‘zini Toshkent—Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan tezyurar yo‘lovchi poyezdi ostiga tashlagan. Hodisa oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi. Hozirda hodisa sabablari va tafsilotlari aniqlanmoqda. Tergov organlari fojianing barcha tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.